Rossiya Razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripalning Angliyada mash’uqasi bo‘lgan. The Telegraph xabariga ko‘ra, sobiq josus bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan bu ayol Skripal zaharlanganida avvaliga juda qo‘rqib ketganidan politsiyaga murojaat qilmagan.
Xabarda aytilishicha, bu ayol ham Buyuk Britaniyaga Rossiyadan kelgan. U Skripal bilan uning boyligi uchun munosabat o‘rnatgan.
“U o‘zini ayolga rossiyalik multimillioner sifatida tanishtirgan va ular uchrasha boshlagan. Politsiya shu vaqtgacha uning borligini bilmasdi ham. Faqat sanoqli kishilar bu munosabatlardan xabardor”, — degan gazeta manbasi.
Uning do‘sti bo‘lgan manbaning aytishicha, ayol juda qo‘rqib ketgani uchun huquq-tartibot organlariga bormagan.
“U voqea haqidagi xabarni gazetalardan o‘qiganida, dedi: bu mening sobiq tanishim. U rostan ham juda qo‘rqib ketgandi”, — deydi manba.
Sergey Skripal va uning qizi Yuliya 4 mart kuni Angliya janubidagi Solsberi shahridan behush holda topildi. Ma’lum bo‘lishicha, ular asab tizimini falajlovchi modda bilan zaharlangan. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ushbu hodisada Rossiyani aybladi, Moskva barcha ayblovlar va talablarni rad etdi.
Solsberidagi hodisa yirik diplomatik mojaroni keltirib chiqardi. Buyuk Britaniya mamlakatdan 23 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yubordi. YEI elchisi ham Moskvadan maslahatlashuv uchun chaqirib olindi.
Biroz oldinroq Bloomberg nashri AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga tayyorligi haqida xabar tarqatgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi