Qorachoy-Cherkasiyada polisiyaga o‘t ochgan jinoyatchi yo‘q qilindi

  • 28 noyabr 2015, 00:23
  • 5 122
  • Dunyo
  • Qorachoy-Cherkasiyada shaxsi noma’lum bo‘lgan jinoyatchilar polisiya xodimlarini o‘qqa tutdi va qarshi o‘t ochish natijasida ularning avtomobili portlatildi hamda avtomobilda bo‘lganlardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

    Qorachoy-Cherkasiyada polisiyaga o‘t ochgan jinoyatchi yo‘q qilindi

    Voqea Malokarachaev tumanidagi Uchkeken qishlog‘ida yuz bergan.

    «Jinoyatchilarning avtomobilini Shimoliy Kavkaz Federal Okrugi Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi xodimlari Kislovodsk shahri tomonidan ta’qib qilib kelib, Qorachoy-Cherkasiya polisiyachilari uni to‘xtatishga harakat qilgan vaqtda, noma’lum shaxslar ularga qarata o‘t ochdi va qarshi o‘t ochish natijasida jinoyatchilarning avtomobili portlab ketdi», ― deya ma’lum qildi idora vakili.

    «Natijada bir kishi halok bo‘lgan. Avtomobilning ichida nechta jinoyatchi bo‘lganligi noma’lum. Polisiya xodimlari zarar ko‘rmagan», ― dedi u.

    Taxmin qilinishicha, avtomashinada suyultirilgan gaz balloni bo‘lgan yoki transport vositasiga yoqilg‘i gaz moslamasi o‘rnatilgan bo‘lgan.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qorachoy-Cherkasiyada polisiyaga o‘t ochgan jinoyatchi yo‘q qilindi