09:30 / 05.05.2018
5 449

Yerning 6 milliard kilometr uzoqlikdan olingan surati taqdim qilindi

Yerning 6 milliard kilometr uzoqlikdan olingan surati taqdim qilindi
Foto: NASA
28 yil ilgari «Voyajer-1» kosmik zondi Quyosh tizimining chegaralariga yaqinlashayotganda sayyoramizni suratga olgan. Surat National Geographic tomonidan taqdim qilingan.

Suratda Yer 0,12 piksel hajmga ega mitti yorug‘ nuqtaga o‘xshab qolgan.

«Voyajer-1» 1977 yili uchirilgan. Uning vazifasi Yupiter va Saturn sayyoralarining tarkibi, og‘irligi va atmosferasining zichligi haqida ma’lumot yig‘ishdan iborat bo‘lgan. Maqsadga erishilganidan so‘ng Jet Propulsion Laboratory (NASA bo‘linmasi) zondni Quyosh tizimining eng olis chegaralariga yuborgan. 1990 yilning 15 fevralida 6 milliard kilometr uzoqlikda bo‘lgan «Voyajer» Yerni suratga olgan.

Surat Pale Blue Dot (och havorang nuqta) deb nomlandi. Yerni suratga olish g‘oyasini astrofizik Karl Sagan taklif qilgan

Shu kuni zond Quyosh tizimining boshqa sayyoralari – Yupiter, Venera, Saturn, Uran va Neptun sayyoralarini ham suratga olgan. Jamlanma «Oilaviy surat» nomini olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerning 6 milliard kilometr uzoqlikdan olingan surati taqdim qilindi