O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchib ketayotgan samolyot prezidentning AQShga rasmiy tashrifi davomida Londonga to‘xtab o‘tdi. Davlat rahbari London shahrida Buyuk Britaniya Konservativlar partiyasi vakili, hukumat a’zosi ser Alan Dunkan bilan suhbatlashdi. Bu haqda ingliz siyosatchisi Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tashqi ishlar vaziri Komilov bilan do‘stona va iliq uchrashuv bo‘ldi. Unga boshlagan islohotlarini bardavom bo‘lishini tilab, Buyuk Britaniyaning kuchli ko‘magi taklif etildi», deb yozadi u.
O‘zbekistonning birinchi raqamli samolyoti Londonning Stansted xalqaro aeroportida yoqilg‘i g‘amlab olish uchun to‘xtagan.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish muhim ekanini alohida ta’kidladi.
«Turli darajalardagi muloqotlarni jadallashtirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Alan Dunkan mamlakatimizda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarga, O‘zbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan faol sa’y-harakatlariga, jumladan, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganiga yuksak baho berdi», deyiladi xabarda.
Buyuk Britaniya davlatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekani qayd etildi.
Londondagi texnik to‘xtashdan so‘ng Prezidentimiz AQSh yo‘lida safarini davom ettirgan.
Ma’lumot uchun, Alan Dunkan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilganidan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurgan birinchi xorijiy yuqori martabali mehmon bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi