27 kundan beri ko‘rinmayotgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi haqida mudhish xabar tarqaldi: u o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Hurriyet» xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Eronning «Keyhan» gazetasi saudiyalik valiahdni 21 aprel kuni saroyga uyushtirilgan hujum oqibatida o‘lgan bo‘lishini mumkinligini aytmoqda.
21 aprel kuni poytaxt ar-Riyoz shahridagi qirol saroyi yaqinlarida qurol ovozi eshitilgan. Qirol Salmon va uning o‘g‘li valiahd shahzoda darhol AQSh harbiylari ko‘magida xavfsiz joyga ko‘chirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
33 yoshli valiahd shahzoda shundan beri hech qayerda ko‘rinmayapti. Shu yil 28 aprel kuni AQSh tashqi ishlar vaziri sifatida ilk bor ar-Riyozga tashrif buyurgan Mayk Pompeoning faqat qirol Salmon va Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr bilan tushgan suratlari ommaga oshkor etildi.
Qirol Salmonning o‘g‘li, 2017 yil iyun oyida birinchi valiahd lavozimiga o‘tirgandan beri korrupsiyaga qarshi kurashish ostida yuzlab mulozimlarni ta’qibga olgan shahzodani to‘ntarish payida yurganlar ko‘p edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda