16:38 / 11.07.2018
6 912

13 iyul kuni Quyosh tutilishi kuzatiladi

13 iyul kuni Quyosh tutilishi kuzatiladi
Foto: NASA
13 iyul kuni Oy to‘lishi va Quyoshning qisman tutilishi kuzatiladi. Bu haqda rossiyalik astronomlar ma’lumotiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

13 iyul kuni Oy Quyoshning 3 dan 1 qismini to‘sib qo‘yadi. Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 06:48 da Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida boshlanib, soat 09:14 da Yangi Zelandiya va Antarktida oralig‘ida yakuniga yetadi.

Noyob hodisani Avstraliya (Melburn shahri atrofi va Tasmaniya oroli) va Antarktidada (Adel yeri qirg‘oqlari yaqinida) kuzatish mumkin. Shimoliy yarimsharda Quyosh tutilishini kuzatishning iloji bo‘lmaydi.

2018 yilda jami 3 marta Quyosh tutilishi ro‘y beradi. Bu — ikkinchisi. Birinchisi 15 fevral kuni kuzatilgan. Uchinchi tutilish 11 avgust kuni sodir bo‘ladi. Noyob hodisa qutb doirasiga yaqin hududlardangina ko‘rinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 13 iyul kuni Quyosh tutilishi kuzatiladi