15 iyulda Qozog‘istonning Chimkent shahridagi jarima maydonchasida chiqqan yong‘in 40 dan ko‘proq avtomobilning kulini ko‘kka sovurdi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmatida ma’lum qilindi.
“15 iyulda soat 1:14da jarimalar maydonchasi hududida “KamAZ” mashinasining yonishi va yong‘inning yengil avtomobillar va 2 qavatli binoga o‘tishi yuz berdi”, deb aytilgan xabarda.
Yong‘inni 2 soatdan keyin o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. “Yong‘in oqibatida utillashtirish uchun mo‘ljallangan 35 ta avtomobil va jarima solingan 10 ta avtomobil yonib ketdi. Qurbonlar va jabrlanuvchilar yo‘q. Yong‘inning umumiy maydoni 294 kvadrat metrni tashkil qilgan”, deb qo‘shimcha qilingan matbuot xizmatida.
Ta’kidlanishicha, yong‘inni bartaraf etishda 76 o‘t o‘chiruvchi va 17 ta maxsus texnika ishtirok etgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi