15:13 / 05.08.2018
4 901

Maduro va uning qo‘riqchilari portlash vaqtida o‘zlarini qanday tutishdi (video)

Maduro va uning qo‘riqchilari portlash vaqtida o‘zlarini qanday tutishdi (video)
Ruptly agentligi suiqasd vaqtida Venesuela prezidenti, uning atrofidagilar va qo‘riqchilari o‘zlarini qanday tutishgani tasvirlangan videolavhani e’lon qildi.

Prezident parad vaqtida nutq so‘zlayotganida portlash tovushi eshitiladi. Maduro va uning yonidagi generallar atrofga va yuqoriga qaray boshlashadi.

Davlat rahbarining oldiga zudlik bilan qo‘riqchilar yetib kelishadi va uning atrofini zirhlangan to‘siqlar bilan qurshab olishadi. Prezident yana nutqini davom ettirmoqchi bo‘lib, so‘z boshlaydi, ammo nutqini to‘xtatadi. Yonidagilar bilan bir necha og‘iz so‘z almashgach, Maduro qalqonlar qurshovida marosimni tark etadi.

Venesuela aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodrigesning xabar qilishicha, Maduro turgan minbar tomon portlovchi modda o‘rnatilgan bir nechta uchuvchisiz uchadigan qurilmalar yo‘naltirilgan. Yetti nafar gvardiyachi tan jarohati olgan.

Maduro xalqqa murojaatida suiqasdda o‘ng muxolifatni hamda Kolumbiyadagi muxolifatchilar va qo‘shni davlat prezidenti Xuan Manuel Santosni aybladi.

Maduroga nisbatan uyushtirilgan suiqasd uchun javobgarlikni 2018 yil yanvarda maxsus operatsiya chog‘ida yo‘q qilingan isyonchi politsiyachi Oskar Peres bilan aloqador bo‘lgan "Flanel askarlar" yashirin guruhi o‘z zimmasiga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maduro va uning qo‘riqchilari portlash vaqtida o‘zlarini qanday tutishdi (video)