18:12 / 15.08.2018
4 802

Minglab gnular timsohlar bilan to‘la daryoga o‘zini tashladi (video)

Minglab gnular timsohlar bilan to‘la daryoga o‘zini tashladi (video)
Fotosuratchi Ingo Gerlach Keniyadagi Mara daryosidan o‘tmoqchi bo‘lgan gnu antilopalarining katta guruhi harakatlarini videoga oldi. Bu haqda Kun nashri xabar berdi.

Har yili Tanzaniyadagi Serengeti savanasidan bir milliondan ortiq gnu Keniyadagi Masai-Mara qo‘riqxonasining yaylovlariga boradi. Ikki oy davomida ular qariyb uch ming kilometr masofani bosib o‘tadi.

64 yoshli fotosuratchi timsohlar bilan to‘lib-toshgan daryo qirg‘oqlariga yetib kelgan podaning harakatlarini videoga olgan. Uning ko‘z o‘ngida minglab hayvonlar o‘zini suvga tashlagan. Daryodan o‘tish chog‘ida gnularga zebralarning kichik bir guruhi ham qo‘shilgan.

Gnu - Janubiy Afrika kiyigi bo‘lib, balandligi 1,15-1,4 metr, og‘irligi - 150-250 kilogramm keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Minglab gnular timsohlar bilan to‘la daryoga o‘zini tashladi (video)