18:18 / 12.09.2018
3 512

“Undan sersuv kotlet tayyorlayman”: Rosgvardiya rahbari Navalniyni duelga chorladi (video)

“Undan sersuv kotlet tayyorlayman”: Rosgvardiya rahbari Navalniyni duelga chorladi (video)
Rossiya Milliy gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining muassasa boʻyicha maʼlumotlariga javoban chiqish qilib, fond rahbari Aleksey Navalniyni duelga chaqirdi va undan “sersuv kotlet” tayyorlashga vaʼda berdi.

Navalniy fondining 23 avgust kuni eʼlon qilgan materialida Rosgvardiya uchun zarur mahsulotlar bozordagi narxlardan bir necha barobar qimmatga xarid qilinayotganiga eʼtibor qaratilgandi. Oʻtgan yilning oxirida ushbu tashkilot uchun mahsulotlar yetkazib berish huquqi “Drujba narodov” goʻshtkombinatiga berilgandi.

«Men xizmat safarida edim va shu sababli darhol javob qaytara olmadim. Ammo hechdan koʻra, kech yaxshi. Men hech qachon koʻchadagi odam bilan bahslashib oʻtirmagan boʻlardim, ammo siz prezident boʻlish ambitsiyasiga ega shaxssiz-ku! Ha, bizda ayrim korrupsion holatlar kuzatiladi, ammo biz ular bilan kurash olib boramiz. Undaylarni ishdan haydaymiz yoki sudga topshiramiz.

Siz olma sharbati narxi bir litri uchun 40 rubl oʻrniga 87 rubl boʻlganiga eʼtiroz qilmoqdasiz va buni korrupsiya deb atamoqdamiz. Lekin 40 rublga sharbat berishmaydi, bu oddiy suv yoki sunʼiy mahsulot boʻlishi mumkin.

Mening deklaratsiyamga hurmatsiz munosabatda boʻlmang. Men uni Rosgvardiyada ishlashimdan oldinroq toʻldirib kelganman. Men armiyada xizmat qilganman, barabanchi boʻlganman, siz hali goʻdakligingizda biznes bilan shugʻullanishni boshlaganman. Umuman, siz kim boʻlibsiz, Navalniy? Siz Amerikaga yollangan marionetkasiz. Siz Rossiyani qismlarga boʻlib tashlashni istaysiz. Siz barchangiz ichkaridagi chirindilarsiz - Berezovskiy, Xodorkovskiy, Malsev. Balki oʻzlaringizni ovchi itlardek his qilarsizlar, ammo amaliyotda siz muxolif kuchukchalarsiz.

Siz oʻz chiqishingiz bilan menga tuhmat qildingiz, zobitlar esa buni shunday qoldirishmaydi. Qadim zamonlarning anʼanalariga muvofiq, yuzga urgan shaxs duelga chaqirilgan. Janob Navalniy, bizga bu anʼanani davom ettirish uchun toʻsiq yoʻq. Ringdami, tatamidami, qayer siz uchun qulay boʻlsa, men tayyorman, sizni sersuv kotletga aylantirishga vaʼda beraman. Agar siz yakkama-yakka olishuvdan qochsangiz - hamma sizni landavur deb ataydi. Agar siz yana bir bor mening oilamga qarata haqorat yoʻllasangiz, men sizni oyoqlaringizdan mahrum qilaman va shaxsiy tarkibim qarshisida shou uyushtirib beraman. Bunday musibatga giriftor boʻlmang, janob Navalniy», degan Zolotov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Undan sersuv kotlet tayyorlayman”: Rosgvardiya rahbari Navalniyni duelga chorladi (video)