Twitter ijtimoiy tarmogʻida oʻz itini gapirishga oʻrgatayotgan qiz videosi joylashtirildi.
Videoda siba-inu zotidagi Beni laqabli itning egasi unga ikkita yaponcha soʻz: taberu (“ovqat yeyish”) va hanbagu (“gamburger”) soʻzlarini aytishga oʻrgatayotgani tasvirlangan. Baʼzida Beni dangasalik qilib shunchaki akillayotganini, biroq ora-orada yuqoridagi soʻzlarni ancha aniq takrorlayotganini eshitish mumkin. Video soʻngida Benining egasi uni “soʻzamolligi” uchun yegulik bilan taqdirlaydi.
紅が喋る「食べる」が「ハンバーグ」「アイラブユー」等に聞こえるという意見もあり、ならば「食べる」「ハンバーグ」を分けて喋れるようにしよう!と思ってやってみました????
— beni_shiba (@a_t_k123) September 1, 2018
私はできてると自己満足です☺️☺️ pic.twitter.com/cnPQY552I0
Foydalanuvchilar aqlli itning bu qobiliyatidan hayrat bildirishgan. Koʻp jurnalistlar videoga izohlarida itdan intervyu olish uchun uning egasidan ular bilan bogʻlanishni soʻrashgan. Boshqalar esa oʻz uy hayvonlarini gapirishga oʻrgatishni boshlashganini maʼlum qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi