Rossiya oʻz iqtisodiyotida, ijtimoiy sohada, rossiyaliklar hayoti sifatini yangi darajaga olib chiqadigan, “yorib chiqadigan” taraqqiyotga erishmogʻi darkor - oʻzgarishlar barcha hududlarda roʻy beradi, deb taʼkidladi RF prezidenti Vladimir Putin Sergey Sobyaninning Moskva meri etib tayinlanishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda.
“Juda koʻp ishlar amalga oshirildi, siz hozir aytganingizdek, hali koʻp ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Rossiya - iqtisod, texnologiyalar, ijtimoiy sohada ulkan taraqqiyotga erishmogʻi darkor. Bu oʻzgarishlarning asosiy maqsadi — fuqarolarimizning hayoti darajasi va sifatini koʻtarishdir. Bu oʻzgarishlar mamlakatning barcha hududlarida roʻy beradi, poytaxtning umummilliy masalani hal etishga qoʻshadigan hissasi, albatta, hamisha juda yuqori boʻladi”, - dedi Putin.
“Moskva — tarixan oʻzgacha shahar. Bu yerda ilm, taʼlim, biznesga oid ulkan salohiyat jamlangan. Aynan shu narsa bizning poytaxtimizga dunyoning eng yetakchi megapolislari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon yaratadi”, - deb qoʻshimcha qildi prezident hamda Moskva taʼlim boʻyicha yetakchi pozitsiyada turishi kerakligini eslatib oʻtdi.
Moskva merligiga saylovlar 9 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Yakuniy maʼlumotlarga koʻra, Sergey Sobyanin 70,17 % ovoz toʻpladi, u uchun 1 million 582 ming 762 kishi ovoz berdi.
Sobyanin birinchi marta 2010 yilning oktyabrida, 18 yil davomida poytaxtga rahbarlik qilib kelgan va prezident ishonchini yoʻqotganligi tufayli muddatdan oldin isteʼfoga chiqarilgan Yuriy Lujkov oʻrniga Moskva meri lavozimini egallagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi