15:23 / 01.10.2018
4 602

Xitoylik rassomning surati 65,2 million AQSH dollariga sotildi

Xitoylik rassomning surati 65,2 million AQSH dollariga sotildi
Abstrakt yoʻnalishida ijod qiluvchi xitoylik rassom Chjao Uszining “Iyun-oktyabr 1985” surati Gonkongda boʻlib oʻtgan kimoshdi savdosida 65,2 mln AQSH dollariga sotilgan. Bu toʻgʻrisida “Sothebyʻs” auksion uyida 30 sentyabr kuni kimoshdi savdosini oʻtkazgan tashkilotchilar xabar bergan.

Bu osiyolik rassomlar asariga nisbatan rekord koʻrsatkich boʻlib, kartina moyboʻyoqda ishlangan. “Iyun-oktyabr 1985” polotno-triptixi rasm nomida koʻrsatilgan davrda ishlangan, eni 10 metr, boʻyi 2,8 metr boʻlib, Singapurdagi “Raffles City” inshootlari kompleksining asosiy binosi foyesini bezagan.

Rasm pistoqi-siyohranglardan foydalanib, noanʼanaviy usulda, gʻarb abstraktsionistlariga xos yoʻnalishda ishlangan. Bu Chjao Uszining oʻzigagina xosdir.

Tashkilotchilar rasmni 45 mln AQSH dollariga sotmoqchi boʻlishgan, biroq kimoshdi savdosida uning narxi ancha oshgan. Xaridorning nomi eʼlon qilinmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik rassomning surati 65,2 million AQSH dollariga sotildi