Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulyanovskda “Rossiya — sportivnaya derjava” forumi doirasida UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov hamda uning otasi Abdulmannop Nurmagomedov bilan uchrashdi.
Putin Xabibni va uning otasini irlandiyalik Konor Makgregor ustidan qozonilgan gʻalaba bilan tabriklagan.
Rossiya prezidenti Xabib Nurmagomedov “asosiy vazifani bajargani”, buni “ishonchli va munosib” tarzda uddalaganini aytib, sportchining otasidan oʻgʻlini jangdan keyin mushtlashuv keltirib chiqargani uchun qattiq jazolamaslikni soʻragan. Bu orqali u Abdulmannop Nurmagomedov Las-Vegasdagi jangdan keyin janjal keltirib chiqargan oʻgʻlini jazolamoqchiligini aytganiga ishora qilgan.
Nurmagomedov Putin bilan suhbatda UFC boʻyicha raqiblari “nafaqat sakrashini, balki, jangini ham qadrlashlari”ga umid qilishini bildirgan. Xabib baʼzi lahzalarda oʻzini nazorat qila olmay qolgani, bunga jang vaqtida unga qarshi bir necha marta provokatsiya qilingani sabab boʻlganini aytib oʻtgan.
Rossiya prezidenti bu qasddan qilingani haqida gapirgan.
“Ular ataylab shunday qilishgan, bundan maqsad seni izdan chiqarish va ustunlikni qoʻlga kiritish boʻlgan. Ammo mamlakat ichkarisida haddan oshmaslik, sakrashlardan saqlanish kerak. Biz — katta oilamiz. Oilada har narsa boʻlishi mumkin, ammo tashqaridan hujum boʻlsa, faqat sen emas, biz barchamiz shunday sakray olamiz, biz ham past ketmaymiz va koʻrsatib qoʻyamiz”, degan Putin.
Shu bilan birgalikda, Putin ikki sportchi yarashib olishiga umid bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, 7 oktyabr kuni Las-Vegasdagi UFC 229 turnirida yengil vazndagi chempion Xabib Nurmagomedov ikki yoʻnalish boʻyicha sobiq chempion boʻlmish Konor Makgregorga qarshi himoya jangi oʻtkazdi va toʻrtinchi raundda raqibni boʻgʻish usulida ushlab, gʻalaba qozondi. Jang tugagach, Xabib Nurmagomedov oktagondan tashqariga chiqib, raqibi tarafdorlari bilan janjallashdi. Bu vaqtda esa Xabibning tarafdorlari oktagon ichiga kirib, Konorga hujum uyushtirdi. Vaziyatga politsiya aralashib, janjalni bartaraf etdi.
Sport qoidalarini buzgani uchun Xabib Nurmagomedovning 2 million dollarlik gonorari muzlatib qoʻyildi. Shuningdek, u jarima toʻlashi, uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi va sovrindan mahrum qilinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi