Foto: «Sputnik»
«Qirg‘izlend» eksportchilar va importchilar assotsiatsiyasi raisi Lenara Niyazbekova Qirg‘izistonda kartoshka narxining arzon ekanligiga izoh berdi, deb yozmoqda «Sputnik»ga tayanib Daryo.
Qirg‘izistonlik fermerlar joriy yilda 2017 yilga nisbatan uch marta ko‘p kartoshka yig‘ib oldi va uni O‘zbekistonga sotishga umid qilgan edi.
Assotsiatsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, deputatlar va hukumat vaziyat o‘nglab bo‘lmaydigan vaqtga kelganda, bong urishni boshlagan. Fermerlarga O‘zbekistonning ochiq bozorini va’da qilgach, muammolar borligi aniq bo‘ldi. Yakunda mahsulotni sotishning imkoni bo‘lmayapti. Hukumat hosilni prognoz qilishi hamda O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha aniq shartnomalar tuzishi kerak edi.
Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat melioratsiyasi va sanoati vaziri Nurbek Murashevning qayd etishicha, 2018 yilda kartoshkaning xarid narxi 2017 yilga nisbatan qariyb ikki baravarga tushib ketgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, narxning pasayishi fermerlarning kartoshka ekiladigan maydonlarni qariyb bir yarim ming gektarga ko‘paytirgani, shuningdek, 2018 yilda yaxshi hosil olingani sabab bo‘lgan. Qirg‘izistonda joriy yilda bir yarim million tonna kartoshka yetishtirilgan, mamlakatning ichki ehtiyoji esa 800—900 ming tonnani tashkil qiladi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi ayni paytda femerlar yetishtirgan kartoshkani Rossiya, Qozog‘izston va O‘zbekistonga sotish imkoniyatlarini izlamoqda.
Joriy yilning yozida O‘zbekiston Qirg‘izistonda yetishtirilgan kartoshkaga taqiq joriy qilgan, biroq taqiq kuzda yig‘ib olingan kartoshkaga taalluqli emas, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi