23:33 / 03.11.2018
3 910

AQSh Eronga qarshi sanksiyalar matnini e’lon qildi

AQSh Eronga qarshi sanksiyalar matnini e’lon qildi
2 noyabr kuni AQSh moliya vazirligining chet el valyutasini nazorat qilish boshqarmasi Federal ro‘yxatga olishning elektron bazasida Eronga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi hujjatni e’lon qildi. Hujjatning rasmiy e’lon qilinishi 5 noyabrga belgilangan, deb xabar beradi Turon24 AA.

Sanksiya ro‘yxatiga 700 dan ortiq shaxs ismi, tashkilotlar, shuningdek, Eronning yirik banklari, neft va transport kompaniyalari kiritilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Eron hukumatining "Iranian Oil Company" va "Naftiran Intertrade Company" energetika kompaniyalari, shuningdek, Eron Markaziy bankining barcha aktivlari muzlatiladi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati Eronni banklararo SWIFT tizimidan uzib qo‘yishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, SWIFT tizimi yangilangan ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilsa, sanksiyaga kiritilishi mumkin.

Yangi sanksiyalar AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh Eron bilan keng qamrovda ish olib borish rejasidan chiqish haqidagi qaroridan so‘ng kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Eronga qarshi sanksiyalar matnini e’lon qildi