«Tolibon» Moskvada muzokaralar o‘tkazadi

  • 4-11-2018, 01:53
  • 533
  • Dunyo
  • «Tolibon» Moskvada muzokaralar o‘tkazadi
    «Tolibon» harakati vakillari Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Moskvaga keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

    Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda AQSh maslahatlashuvlarda qatnashish uchun taklif etilgan.

    «Tolibon» harakatiga 1994 yilda pushtun qabilalari orasida asos solingan. Harakat 1996 yildan 2011 yilgacha mamlakatning katta hududini nazorat qilgan. 2003 yilda BMT Xavfsizlik kengashi uni terrorchi tashkilot deb tan olgan.

    » » «Tolibon» Moskvada muzokaralar o‘tkazadi