08:02 / 05.11.2018
2 557

Avstriyada elektromobillarga trassalarda tezlikni oshirishga ruxsat berildi

Avstriyada elektromobillarga trassalarda tezlikni oshirishga ruxsat berildi
Elektromobillarni ommalashtirish maqsadida ayrim mamlakatlar hukumatlari ekologik toza avtomodellar egalarini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini qo‘llamoqda. Odatda bunday rag‘batlantirishlar soliq imtiyozlari, avtoturargohlardan bepul joy va jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘lakdan yurish huquqi kabi bo‘ladi. Biroq Avstriyada yanada qiziqarliroq imkoniyat – tezlikni belgilanganidan oshirish ham taklif etilmoqda.

Yevropadagi ushbu mamlakat hukumati elektromobillarni ommalashtirish maqsadida ularning egalariga jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan harakatlanish, avtoturargohlardan bepul joy olish va tezyurar magistrallarda belgilanganidan ham kattaroq tezlikda harakatlanish imkoniyatini taqdim etishini ma’lum qildi.

Xususan, elektromobillarning haydovchilari umumiy uzunligi 440 kilometr bo‘lgan avtobanlarda soatiga 130 km tezlikda harakatlanishiga ruxsat beriladi, vaholanki ichki yonuv dvigateli (IYoD) bilan jihozlangan (benzin yoki dizelli) avtomobillar uchun tezlik limiti soatiga 100 kilometrni tashkil etadi.

Avstriyada "Immissionsschutzgesetz Luft" (IG-L, Air Pollution Control Act) qonuni amal qiladi. Mazkur hujjat avtobanlarning ayrim, atrof-muhit zararli moddalardan ko‘p jabr ko‘rishi mumkin bo‘lgan qismlarida tezlikni cheklaydi. Chunki tezlik qancha yuqori bo‘lsa, yonilg‘i sarfi shuncha katta bo‘ladi, bu esa zararli moddalar ajralib chiqishini ham ko‘paytiradi.

Elektromobillarda esa bunday kamchilik yo‘q, shu bois ularning tezligini bunday vaj bilan cheklashdan foyda yo‘q.

Avstriyada elektromobillar ommalashuvi yomon emas, biroq hukumat 2017 yilda prognoz qilgan darajadan past. Shu bois ham rasmiylar elektromobillarga qiziqishni oshirish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyada elektromobillarga trassalarda tezlikni oshirishga ruxsat berildi