19:30 / 05.11.2018
5 439

Ikkita samolyot o‘zaro to‘qnashib ketdi

Ikkita samolyot o‘zaro to‘qnashib ketdi
Kanada poytaxti Ottava shahri G‘arbida ikki kichik samolyot parvoz chog‘ida to‘qnashib ketdi. Bu haqda TASS ma’lumotiga tayanib, "Hordiq" nashri xabar tarqatmoqda.

Hodisa Kanadaning markaziy xalqaro aeroporti osmonida sodir bo‘ldi. To‘qnashuvdan so‘ng samolyotlardan biri qulab tushdi. Buning oqibatida havo kemasi uchuvchisi voqea joyida halok bo‘lgani aytilmoqda.

Ichida ikki nafar fuqaro bo‘lgan ikkinchi samolyot esa aeroportga talafotsiz qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan.

Ottava politsiyasi ushbu voqea tafsilotlari bo‘yicha izoh berganicha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikkita samolyot o‘zaro to‘qnashib ketdi