24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston milliy qurultoyida respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev va amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovlarning faoliyatiga baho berish rejalashtirilgan.
"24 noyabr kuni Sooronbay Jeenbekovning davlat rahbarligiga kirishganining bir yilligi munosabati bilan Qirg‘izistonda katta siyosiy qurultoy bo‘lishi rejalashtirilgan", deydi 13 noyabr kuni Qurultoyning tashkiliy qo‘mita raisi Keneshbek Dushebayev.
Dushebayev Qurultoy chaqirish to‘g‘risidagi memorandumni 97 ta siyosiy partiya va jamoat birlashma vakillari imzolaganini aytgan. Ular qatorida Sotsial-demokratlar partiyasi (SDP), "Qirg‘iziston", "Ata-Jurt" (ota yurt), "Zamondosh", "Yashillar partiyasi" va boshqalar bor.
"Qurultoyda 20 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishtirok etishga rozilik bildirgan. Unga 650 kishi, jumladan, 250 ta siyosiy partiya vakillari va 250 ta jamoat birlashma vakillarini taklif qilganmiz", deydi Dushebayev.
Qurultoyning tashkiliy qo‘mita raisi mamlakat sobiq prezidenti Atamboyev ham qurultoyga taklif qilinganini, biroq uni ishtiroki to‘g‘risidagi javob hali olinmaganini aytgan.
Qurultoyning tashkiliy qo‘mita a’zosi, sobiq ombudsman raisi Tursunbek Akun qurultoyni o‘tkazishdan asosiy maqsad sobiq prezident Atamboyevning faoliyatini baholash va amaldagi mamlakat rahbari Jeenbekov ishini baholash ekanligini aytgan.
"Qurultoyda ko‘plab ma’ruzalar taqdim etiladi. Birinchi ma’ruza bir yildan beri Qirg‘iziston prezidenti bo‘lib kelayotgan Jeenbekov faoliyatiga bag‘ishlansa, ikkinchisida sobiq prezident Atamboyevning prezidentlik davridagi faoliyatiga baho beriladi", deydi Akun.
Shuningdek, u yana bir ma’ruza Qirg‘izistonning parlamentiga aloqador bo‘lishini aytib o‘tgan.
24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan qurultoy hukumatning yuqori martabali vakillari ishtirok etadigan, SDP va prezident apparati faol hamkorlik qiladigan birinchi yig‘ilish bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi