16:44 / 16.11.2018
6 984

Irlandiya osmonida noma’lum jism paydo bo‘ldi. Uni uchar likopcha deb o‘ylashmoqda

Irlandiya osmonida noma’lum jism paydo bo‘ldi. Uni uchar likopcha deb o‘ylashmoqda
Irlandiyalik uchuvchilar osmon bo‘ylab astronomik tezlikda uchib o‘tgan yorqin nurni ko‘rishgan.

Irlandiya aviatsiya ma’muriyati o‘tgan hafta oxirida “Shannon Air Traffic Control” tizimi bilan bog‘langan tijoriy samolyotlarning bir nechta uchuvchilari ko‘rgan noodatiy jismni o‘rganib chiqmoqda. Aviatsiya ma’muriyati, shuningdek, osmon bo‘ylab uchib o‘tgan va g‘oyib bo‘lgan noma’lum uchuvchi ob’ekt ustida izlanish olib bormoqda.

Tijoriy samolyotlarning bir qancha uchuvchisi yorqin nurni ko‘rganini xabar qilgan. Uchar likopcha kamida 2,500 km/s tezlikda uchib o‘tgan — bu tijoriy reaktiv samolyot tezligidan ikki barobar yuqoridir.

“Speedbird 94” chaqiruv belgili “The British Airways 787” “Shannon Air Traffic Control”ga tonggi soatlarda Irlandiyaning g‘arbiy sohilida harbiy mashqlar mavjudligi haqida so‘rash uchun radiosignal jo‘natgan.

Uchuvchining aytishicha, “u juda tez harakat qilardi. U bizning chap tarafimizda paydo bo‘ldi va tezda ko‘zdan yo‘qoldi. Biz yorqin nurni ko‘rdik va u juda yuqori tezlikda g‘oyib bo‘ldi”.

“Biz faqat hayratda qoldik. Biz uni siyosat bilan bog‘liq deb o‘ylamagan edik. Faqatgina uning nima bo‘lishi mumkin ekanligiga qiziqardik”, – deya qo‘shimcha qildi u.

“Shannon Air Traffic Control” boshqaruvchisining ma’lumot berishicha, birinchi va ikkinchi darajali radarlarda hech narsa ko‘rsatilmagan.

“Virgin76” chaqiruv belgili “Virgin Airlines plane” uchuvchisi havo harakati nazoratiga kirishdi va u meteor yoki boshqa turdagi ob’ekt bo‘lishi mumkinligini aytdi: “Xuddi shunday trayektoriyadan keyin bir nechta ob’ektlar paydo bo‘ldi. Ular biz turgan joydan juda yorqin ko‘rindi”.

Shuningdek, uchuvchining ko‘rganlarini tasdiqlashicha: “O‘ng tarafdagi balandlik ustida ikkita yorqin nur ko‘ringan va kamida biz taxmin qilgan tezlikda yuqoriga ko‘tarilgan”.

“Uni faqatgina men ko‘rmaganimdan xursandman”, – deydi uchuvchilardan biri.

Irlandiya aviatsiya ma’muriyati vakilining aytishicha, ma’muriyat ushbu voqea yuzasidan tekshiruv olib boradi va hisobot tayyorlaydi: “Bu hisobot an’anaviy yashirin tergov jarayoni ostida tekshiriladi”. Vakilning qo‘shimcha qilishicha, bu o‘zga sayyoraliklarga o‘xshamaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Irlandiya osmonida noma’lum jism paydo bo‘ldi. Uni uchar likopcha deb o‘ylashmoqda