Gruziya hukumati 15-31 dekabr kunlari oralig‘ida fuqarolarining mahalliy banklar va boshqa moliyaviy tuzilmalar oldidagi qarzdorligini bekor qilishini bildirdi. Mamlakat Bosh vaziri Mamuka Baxtadzega ko‘ra, hukumat 565 million dollar miqdoridagi qarzdorlikdan voz kechishi kutilmoqda.
Bosh vazir brifingda hukumat aksiyasi haqida gapirib, «bu tadbir BMT belgilagan maqsadlar, xususan qashshoqlikka qarshi kurash bo‘yicha amaliy choralardan biri» ekanligini uqtirgan. Baxtadze «qora ro‘yxat»dan 700 mingdan ortiq aholi vakillari o‘rin olganini aytib, ularning 150 mingdan ortig‘i ijtimoiy himoyaga ega va imkoniyati cheklangan kishilar ekanini bildirgan. Gruziya Bosh vaziri tez orada ularning ismi qarzdorlar ro‘yxatidan o‘chirilishini aytgan.
Hukumatning tashabbusi mamlakat prezidentligi uchun 28 noyabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan saylovning ikkinchi turi oldidan e’lon qilindi. Saylovda «Gruziya orzusi» partiyasi qo‘llab-quvvatlayotgan mustaqil nomzod Salome Zurabishvili va muxolifat partiyasi vakili Grigol Vashadze o‘zaro to‘qnash keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi