11:11 / 14.12.2018
4 163

AQShda yo‘lga sochilib ketgan pullar sababli bir nechta YTH sodir bo‘ldi

AQShda yo‘lga sochilib ketgan pullar sababli bir nechta YTH sodir bo‘ldi
Foto: «Korrespondent.net»
AQShning Nyu-Jersi shtatida inkassator mashinasidagi pullar yo‘lga sochilib ketgan. Bu bir nechta yo‘l transport hodisasiga olib keldi, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri.

Sharqiy Ruterford okrugi politsiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH avtomobil haydovchilari chetga o‘tmasdan pullarni yig‘ish uchun yo‘lning o‘rtasida to‘xtashgani sabab sodir bo‘lgan.

Shuningdek, hodisa sabab Nyu-York yaqinida katta tirbandlik yuzaga kelgan.

«Gothamist» portalining xabar qilishicha, pullar «Brink's» kompaniyasiga tegishli inkassator mashinasidan tushib ketgan. Sochilib ketgan pullarning aniq miqdori ma’lum qilinmagan.

Hodisadan so‘ng bir necha kishi pullarni qaytarish uchun politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Huquq tartibot organlari boshqa odamlarni ham pullarni qaytarishga chaqirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda yo‘lga sochilib ketgan pullar sababli bir nechta YTH sodir bo‘ldi