Hindistonning Xaryana shtatida yashovchi 72 yoshli Daljinder Kaur ismli ayol o‘zining ilk farzandini dunyoga keltirdi. Shubhasiz, bola 2016 yili tug‘ilgan. Faqat bu haqda endi-endi xabar tarqatishdi.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu nafaqat Xudoning inoyati, balki sun’iy tarzda homila hosil qilish amali natijasi edi. Bolaning otasi ushbu amalga qo‘l urilgan payt 79 yoshda bo‘lgan. Hayratlanarlisi shuki, ayolning yoshi o‘tgan bo‘lishiga qaramay, organizmi farzandni dunyoga keltirishga yaroqli ekani aniqlangan. Hozir bola ikki yoshga kirdi. O‘zini juda yaxshi his etmoqda. Unga Armaan deb ism qo‘yishgan.
Ota bo‘lmish 81 yoshli qariya esa xotiniga bola parvarishida yaqindan yordam beradi. Shu yoshda bo‘lsa ham farzandli bo‘lgani uchun er ham, xotin ham Xudoga beadad shukronalar aytishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi