Yel universiteti olimlari shakar ichak mikroflorasi ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan oqsil faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, degan xulosaga kelishdi.
Olimlar Bacteroides thetaiotaomicron foydali bakteriyaga shakarning ta’sirini o‘rganish uchun laboratoriya sichqonlariga tarkibida ko‘p miqdorda glyukoza va fruktoza bo‘lgan mahsulotlarni ozuqa sifatida bera boshlashdi. Ilgari shakar ingichka ichakda so‘rilib ketadi deb hisoblanardi, ammo tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, u yo‘g‘on ichakka ham o‘tar va foydali mikrofloraga ta’sir ko‘rsatar ekan. Shuning uchun olimlar bu ta’sirning naqadar kuchli ekanligini tekshirishga qaror qilishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shakar foydali bakteriyalar uchun javob beruvchi Roc oqsili ishlab chiqarilishini to‘sib qo‘yar ekan. Bu esa o‘z navbatida salomatlik bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishiga olib kelar ekan. Bunda shakarning qanday turda (fruktoza yoki glyukoza ko‘rinishida) bo‘lishining ahamiyati yo‘q ekan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda