00:57 / 07.01.2019
6 029

Saddam Husaynning qizi otasining o‘limoldi xatini e’lon qildi

Saddam Husaynning qizi otasining o‘limoldi xatini e’lon qildi
Foto: Saddam Husayn o‘zining to‘ng‘ich qizi Rag‘ad bilan / REUTERS
Iroqning qatl etilgan sobiq yetakchisi Saddam Husaynning qizi Twitterʼda otasining go‘yoki so‘nggi so‘zlari bitilgan nomasini e’lon qildi. Bu bitik 2006 yilning 30 dekabrida amalga oshirilgan qatl marosimidan 4 kun avval yozilgan ekan, deb yozadi Kun.uz.

“O mening oliyhimmat xalqim, men senga va o‘ziga imon keltirganlarga marhamatini darig‘ tutmaydigan Yaratganga o‘z jonimni ishonib topshirmoqdaman. Allohu akbar”, — deb yozilgan xatda va “Saddam Husayn, respublika prezidenti va qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni” deb imzo qo‘yilgan. Ushbu yozishma e’lon qilinganidan so‘ng Saddam Husayn qizining akkauntiga kirib bo‘lmay qoldi.

Rag‘ad Husayn Iordaniyada yashaydi. U bu mamlakatga 2003 yilda — AQSh Iroqqa bostirib kirgach va uning otasini prezidentlik taxtidan yiqitgach ko‘chib o‘tgan edi.

Har yili 30 dekabr kuni u iroqliklarga vatanida xavfsizlik va barqarorlikni tiklashga chorlab murojaat qilib keladi. 2018 yilda ham u murojaat bilan chiqish qildi.

Rag‘ad Husaynning ta’kidlashicha, Iroq uning otasi qo‘l ostida “arab millatini Eronning ekspansionistik intilishlaridan himoya qilib kelgan sharq darvozalarining ishonchli soqchisi” bo‘lgan, shuningdek, 2003 yil voqealarigacha mamlakat suvereniteti va Iroq xalqining qadr-qimmatiga daxl qila olmagan.

Saddam Husaynning qizi AQSh bosqinidan so‘ng g‘alati g‘oyalar targ‘ib qilinayotgani, dindan esa ko‘plab partiyalarning ahmoqona va vayronkor intilishlarini niqoblash uchun foydalanilayotgani tufayli insoniylik va axloqiy qadriyatlarning yo‘qotilayotganini tanqid ostiga olgan.

Rag‘ad Husayn Iroqning Amerika tomonidan okkupatsiya qilinganini keskin tanqid ostiga olib, AQShni Iroq xalqining azoblari: ko‘chishlar, qotilliklar, dinlararo ixtilof, gumanitar vaziyatning keskinlashuvi va infratuzilmalarning ataylab vayron qilinishida ayblagan. U shuningdek ekstremistik terrorchi guruhlarning keng tarqalganini eslatib o‘tib, ular “Iroq yaxlitligini tahqirlab, sivilizatsiya va mamlakatni xarob qilishgani”ni ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saddam Husaynning qizi otasining o‘limoldi xatini e’lon qildi