19:00 / 07.01.2019
3 386

Braziliyalik sportchi qiz talonchini boplab adabini berdi…

Braziliyalik sportchi qiz talonchini boplab adabini berdi…
Braziliyalik mutlaq jangovar sport turi chempionatlari gʻolibasi Polyana Viana yaqinda uyi yonida taksi kutayotgandi. Nomaʼlum kimsa kelib undan soat necha boʻlganini soʻradi. U vaqtni aytdi. Ammo erkak negadir ketishni xohlamayotgandi. Endigina telefonini qoʻliga olgandi, erkak unga “Telefonni buyoqqa choʻz, lekin qarshilik koʻrsatishga urinma, adabingni yeysan!”, deya doʻq urdi.

Polyana bu doʻqlashdan keyin erkak bosqinchi ekanini anglab yetdi va unga doʻqlash qanaqa boʻlishini koʻrsatib qoʻyishga ahd qildi. Qiz unga bir necha zarbalar yoʻllab, oxirida boʻgʻish usulini qoʻlladi. Bosqinchini shu holatda tutib turish jarayonida oʻtkinchilardan politsiyaga xabar berishlarini soʻradi. Tez orada politsiyachilar yetib keldi va bosqinchining yuz qismlari koʻkarib ketganiga guvoh boʻlishdi. U mahkamaga olib ketildi.

27 yoshli Polyana Viana 2013 yili sportdagi faoliyatini boshlagan. Shu vaqt oraligʻida jami 12 ta jang oʻtkazib, 10 tasini sof gʻalaba bilan yakunlagan. Ikkita jangda imkoniyatni boy bergan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyalik sportchi qiz talonchini boplab adabini berdi…