23:36 / 16.01.2019
3 961

“NIKE” kompaniyasi sportchilar uchun avtomat krossovkalar turini yaratdi

“NIKE” kompaniyasi sportchilar uchun avtomat krossovkalar turini yaratdi
Bu krossovka sportchiga sezilarli darajadagi qulayliklarni taqdim etadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, krossovkalar asosan basketbol sporti bilan shugʻullanuvchilar uchun moʻljallangan.

Sportchi krossovka bogʻichini maxsus tugmacha yoki “Nike Adapt” dasturi yordamida boshqarishi mumkin boʻladi.

Krossovkalar sportchi oʻyin bilan mashgʻul paytida ish rejimiga oʻtadi, bu qon aylanishini yaxshilaydi. Taym-aut paytida avtomat bogʻichlarni boʻshashishga majbur etadi. Kelajakda kompaniya mutaxassislari yangi funksiyalar bilan krossovkalar yaratishni rejalashtirgan.

“Nike Adapt”ning motorchasi 505 mAch akkumlyatori asosida ishlaydi. Uni bir marta elektr quvvatiga toʻyintirilsa, 10-20 kun toʻxtamasdan ishlay oladi. Krossovkalar shu yil 16 fevralida sotuvga chiqdi. Ularning bahosi 350 dollar etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “NIKE” kompaniyasi sportchilar uchun avtomat krossovkalar turini yaratdi