Saudiya Arabistonining Al-Xarj viloyatidan joy olgan “Qur’on yordam markazi” eskirgan Qur’onlarni mahalliy aholidan va muassasalardan yig‘ib olib, ularni qayta ta’mirlab, xorijdagi mamlakatlarga bepul tarqatish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Islom.uz'ning IQNA axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, shu kungacha ushbu markaz tomonidan dunyoning 35 ta mamlakatiga 5 million donadan ziyod Qur’oni karim bepul yetkazib berilgan. Markaz muqovalari eskirgan, o‘qishga yaroqsiz holga kelgan Qur’onlarni olib kelib berish uchun odamlarni hamkorlik qilishga chaqirgan edi. Aynan mana shu chaqiriq sabab, juda ko‘plab Mushafi shariflar markazga yetkazib berilgan.
Ma’lumot tariqasida shuni aytish mumkinki, “Qur’on yordam markazi” bir mahalliy o‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan. Faoliyatining boshida masjid va maktablardan eski Qur’onlarni yig‘ish bilan shug‘ullangan. Ma’lum vaqt o‘tib yig‘ilgan Mushaflar soni ortib borganidan so‘ng, ularni qayta ta’mirlab, muhtoj davlatlarga bepul tarqatishni yo‘lga qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi