Gongkongda qurilishiga 4,6 mlrd dollar investitsiya qilingan yangi avtomobil tunneli ochildi. Bu loyihaning amalga oshirilishi 10 yil vaqt olgan.
Gap uzunligi 4,5 kmlik transport tuguni haqida ketmoqda. Undan 3,7 kilometri Gongkong orolining shimoliy sohili bo‘ylab, qisman dengiz tubi orqali o‘tgan. Yangi tunnel ikki tomonga uchtadan harakatlanish polosasiga ega va shaharning markazida yo‘llardagi qatnovni kamaytirishga qaratilgan. Tunnel orqali o‘tish bepul bo‘ladi.
Tunnel, ta’kidlanishicha, dunyodagi eng yirik shamollatish va havoni tozalashning o‘ziga xos tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim chiqindi gazlardagi zararli modddalarning 80 foizini bartaraf etishga imkon beradi va har soatda 5,4 mln kub metr havoni filtrlashga qodir.
“Yashillar” harakati vakillari ushbu tunnel joriy qilinishini qutlashgan va hukumatni unda qo‘llangan texnologiyalarni shunday boshqa inshootlarda qo‘llashga chaqirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi