16:55 / 12.02.2019
4 506

Rossiyaning 100 dan ortiq banki bankrotlik yoqasida

Rossiyaning 100 dan ortiq banki bankrotlik yoqasida
Rossiya Federatsiyasida 149 ta kichik bank bankrotlik arafasida, deb yozmoqda «Izvestiya» moliyaviy bozordagi o‘z manbasiga asoslanib.
Omonatlarni sug‘urtalash agentligiga o‘tkaziluvchi ajratmalar miqdorining oshirilishi ko‘pchilik banklar uchun juda og‘ir sinov bo‘lgan. 2019 yilda kichik va o‘rta biznes hisob raqamlarini ham sug‘urtalash zarurati tufayli xarajatlar miqdori ancha oshgan.

Ko‘p miqdordagi ajratmalar muammosini yechish uchun Rossiya banklar Assotsiatsiyasida ishchi guruh tuzilgan va bu guruh fevral oy yakuniga qadar Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

2018 yilning iyun oyida Rossiya Markaziy banki banklar barqarorligini tekshirish uchun qator stress-testlar o‘tkazgan va 117 ta bank agar neft narxi tushgudek bo‘lsa, murakkab vaziyatga duch kelishini, bu, o‘z navbatida, yana 107 bankda muammolar tug‘dirishi mumkinligini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning 100 dan ortiq banki bankrotlik yoqasida