Turkiyada Fathulla Gulenning FETO tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 641 kishi qo‘lga olindi. Anqara ushbu tashkilotni 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda ayblab keladi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda isyonchilar tarafdorlariga qarshi qaratilgan, oxirgi vaqtdagi eng yirik aksilterrorchilik operatsiyasi boshlandi. Turkiya prokuraturasi umumiy hisobda 1112 kishini hibsga olishga order bergan.
Ta’kidlanishicha, operatsiya mamlakatning 76 ta viloyatida olib borilmoqda. Kuch tuzilmalari yana 471 gumonlanuvchini qo‘lga olishi kerak.
2016 yil 15 iyulda Turkiya qurolli kuchlarining bir guruh askar va zobitlari davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni asirga olishga uringan. Asosiy kurash Istanbul va Anqarada kechgan, uning davomida 250 kishi halok bo‘lgan, 2000 dan ko‘proq kishi jarohat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda