Iroqlik ko‘p farzandli ayol bittada 7 farzand tug‘di. Ayolning bungacha 3 farzandi bor edi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Ayol 6 qiz va bir o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Bolalarning otasi Yusuf Fazl va uning 25 yoshli rafiqasi yana farzand ko‘rishni rejalashtirishmagan edi.
Ayni vaqtda 7 egizning onasi ortidan shifokorlar kuzatuv olib bormoqda, uning ahvoli barqaror. Barcha bolalar sog‘lom tug‘ilishgan.
Bir yil avval livanlik juftlikda 6 egiz farzand dunyoga kelgandi. Bungacha juftlikning 4 farzandi bo‘lgan va ular 5-farzandlari bo‘lishini istashgan. Ammo unga qo‘shilib yana 4 farzand tug‘ilgan.
Ta’kidlash joizki, 7 egiz tug‘ilishi holati ilk bor 1997 yilda AQShning Ayova shtatidagi De-Moyn shahrida qayd qilingan. Juftlikda bungacha katta yoshli farzandi bo‘lgan. E’tiborlisi, egizaklarning ota-onasi Bobbi va Kenni Makkogi ko‘p yillar davomida bepushtlikka qarshi kurashishgan. Egizaklardan 2 nafari baxtga qarshi bolalar serebral falaji bilan dunyoga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi