Xitoy “Agar Anqara uygʻurlar tufayli Pekinni tanqid qilishni davom ettiraversa, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlikaga uchraydi” deya Turkiyani ogohlantirdi.
“Doʻstlar oʻrtasida tushunmovchilik yoki farqli fikrlar boʻlishi mumkin. Biroq buni muloqot yoʻli bilan hal qilishimiz mumkin. Doʻstingizni har joyda tanqid qilaverish toʻgʻri emas”, – dedi Xitoyning Turkiyadagi elchisi Deng Li “Reyter”ga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, iqtisodiy aloqalar rivojlanishi va Xitoy kompaniyalari Turkiyaga koʻproq kelishi uchun diplomatik va siyosiy aloqalar yaxshi boʻlishi lozim.
“Mamlakatlar oʻrtasida eng muhimi – oʻzaro hurmat. Agar doʻstingiz, sizni har kuni tanqid qilib tursa, bunday doʻstlik davom etadimi?” – dedi elchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi