10:18 / 05.03.2019
4 652

Kattalar talmovsirab turgan vaqtda oʻsmirlar yordamga oshiqishdi (video)

Kattalar talmovsirab turgan vaqtda oʻsmirlar yordamga oshiqishdi (video)
Kanadaning Vankuver shahri yaqinidagi “Graus Mauntin” togʻ-changʻi kurortida 8 yoshli bola kanat yoʻliga otasi va 3 yoshli singlisi bilan birga oʻtirganda koʻngilsiz voqea yuz bergan. Kanat yoʻli harakatlanayotganda bola tasodifan oʻrindiqdan sirpanib ketgan. Bolaning otasi oʻgʻlining bilagidan ushlab qolgan, biroq qizini ham ushlab turishga harakat qilgani sababli oʻgʻlini tortib ololmagan.

Bola yerdan 6 metrcha balandlikda osilib turgan. Kattalar bundan hang-mang boʻlib, talmovsirab turgan bir paytda yordamga birinchi boʻlib oʻsmirlar oshiqqan. 12 yoshli Joshua Reyvensbergen voqea vaqtida doʻstlari bilan changʻi uchayotgan boʻlgan. Oʻsmirlar toʻsiqlar vazifasini bajaruvchi toʻrdan bir qismini olib, uni bolaning pastida tortib turishgan va bolani unga sakrashga koʻndirishgan.

“U yerda odamlar bor edi, biroq ular nima qilishni bilmay qoʻl qovushtirib turishgan”, deb aytgan oʻsmir.
Natijada bola qutqarib olingan. Unda jarohatlar yoʻqligiga qaramay, shifoxonaga joʻnatilgan. Oʻsmirlarni esa kichik qahramonlar deb atay boshlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kattalar talmovsirab turgan vaqtda oʻsmirlar yordamga oshiqishdi (video)