Belgiyada kabutar rekord narxga sotildi (foto)

  • 18 mart 2019, 10:17
  • 2 970
  • Dunyo
  • Belgiyada kabutar rekord narxga sotildi (foto)
    Belgiyaning Knesselar shahridagi auksionda Armando laqabli pochta kabutari rekord narx – 1,25 mln yevroga sotildi. Bu haqda Kun.uz nashri RTBF telekanaliga tayanib xabar berdi.

    Qushni xitoylik sotib olgan. Shunisi maʼlumki, xitoyliklar aynan Belgiya kabutarlarini yuqori baholaydilar.
    5 yoshli Armando kabutar poygalari tarixidagi eng yaxshilaridan biri hisoblanib, gʻalabalari uchun koʻplab mukofotlar bilan taqdirlangan.

    Taʼkidlanishicha, endi kabutarning asosiy vazifasi poygalarda ishtirok etish emas, balki yangi “chempion” nasl qoldirish boʻladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Belgiyada kabutar rekord narxga sotildi (foto)