12:20 / 18.03.2019
4 683

Poroshenko Qrimni saylovlardan soʻng qaytarishga vaʼda berdi

Poroshenko Qrimni saylovlardan soʻng qaytarishga vaʼda berdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni “prezidentlik saylovlaridan soʻng” qaytarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga vaʼda berdi. Bu haqda RIA “Novosti”ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Uning maʼlum qilishicha, Kiyev “hech qachon hech qanday tushunarsiz kelishuvlarga rozilik bermaydi”.

“Qrim Ukrainaga qaytariladi. Biz bu imkon qadar qisqa vaqt ichida, prezidentlik saylovlaridan soʻng yuz berishi uchun qoʻldan kelgan hamma narsani qilamiz”, - deya maʼlum qildi u.

Bundan oldin, Poroshenko Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni “uch qismli zarba” deb atagandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kerch boʻgʻozidagi voqea tufayli Kanadaning Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalariga izoh berdi.

U Poroshenko Yevroittifoq, Kanada va AQSHga Rossiya tomoniga nisbatan qoʻllanilgan sanksiya cheklovlari uchun minnatdorchilik bildirdi hamda shu tariqa transatlantik mamlakatlar Rossiya tomoniga “kuchli va uch qismli” zarba bergani haqida maʼlum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Qrimni saylovlardan soʻng qaytarishga vaʼda berdi