09:23 / 22.03.2019
4 306

Futbolchi avtomobilini muxlislar ustiga haydadi va jarohatladi

Futbolchi avtomobilini muxlislar ustiga haydadi va jarohatladi
Foto: “Wales News Service”
Janubiy Uels havaskorlar chempionatida ishtirok etadigan “Margem” futbol klubi oʻyinchisi Li Teylor oʻziga tegishli BMW avtomobilini muxlislar ustiga haydadi va ulardan bir qanchasini jarohatladi.

Wales Online tomonidan xabar qilinishicha, “Margem” klubi “Kornelli”ga qarshi kechgan oʻyinda 0:5 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Oʻyindan soʻng Li Teylor stadion avtoturargohida raqib jamoa muxlislariga duch keladi. Ular turli qichqiriqlar bilan 35 yoshli futbolchining asabiga tegishgan. Muxlislar asosan voyaga yetmagan oʻsmir shaxslardan iborat boʻlgani aytilmoqda.

Li Teylor bu qichqiriqlarni javobsiz qoldirmagan va avtomobilini toʻgʻri muxlislar ustiga haydagan. Natijada oʻsmirlardan 11 nafari jarohatlanadi. Ularga tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Teylor esa endi sud oldida javob beradi. Biroq futbolchi ataylab zarar yetkazish maqsadida hujum qilganini tan olmayapti. Uning aytishicha, avtomobilidan “oʻzini himoya qilish quroli” sifatida foydalangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Futbolchi avtomobilini muxlislar ustiga haydadi va jarohatladi