10:00 / 23.03.2019
4 042

Poroshenko Putin bilan “kasha pishirish”ni istamasligini aytdi

Poroshenko Putin bilan “kasha pishirish”ni istamasligini aytdi
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko ICTV telekanali efirida Vladimir Putin bilan “kasha pishirish” niyati yoʻqligini aytdi. U sal oldin Rossiya yetakchisining Kiyev bilan oʻzaro aloqalari masalasidagi soʻzlariga shu tariqa javob qaytardi.

Qrimga safari davomida Putin Rossiya va Ukraina xalqi oʻrtasida hech qanday kelishmovchilik mavjud emasligini, ammo Ukrainaning hozirgi rahbari bilan Kreml til topisha olmayotganini aytgan edi.

Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Kiyev hukumati bilan “kasha pishirish va qandaydir ijobiy natijaga erishish amrimohol”.
Putin shuningdek, Kiyevning hozirgi rahbariyati harakatlari hayratlanarli ekanini, qoʻshimcha qildi.

Petr Poroshenko Putinning ushbu soʻzlariga javoban dushanba kuni efirdagi chiqishi davomida Rossiya hukumati bilan “kasha pishirish” niyati yoʻqligini aytdi. Poroshenko Moskvaga nisbatan sanksiyaviy bosimlar kuchaytirilishi uchun harakatlarini davom ettirishini maʼlum qildi.

“Kimdir kim bilandir ”kasha pishirishiga“ kelsak, men ayrim prezidentlikka nomzodlarimiz kabi kasha pishirishni ham, uni yeyishni ham, baliq oviga yugurishni ham istamayman”, - deb taʼkidlagan Poroshenko.

Ukraina prezidentligiga saylovlar 31 mart kuni boʻlib oʻtadi. Bu lavozimga 39 nomzod daʼvogarlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Putin bilan “kasha pishirish”ni istamasligini aytdi