Dunyoda mavjud aholining aksariyati mushuklarsiz kundalik hayotni tasavvur eta olmaydi. Chunki mushuk uy ichkarisida kalamush-sichqonlar izgʻib yurishiga yoʻl qoʻymaydi. Egalarini sevadi. U xastalansa, jonivorning oʻzi tafakkuriga suyangan holda “mushukterapiya” tashkil etib, egasini davolashga harakat qiladi. Bir soʻz bilan aytganda, bu mavjudotning odamga umuman ziyoni tegmaydi.
Moʻgʻullar esa aksincha mushukni jinidan yomon koʻrarkan. Xoʻsh, nega? Maʼlum boʻlishicha, moʻgʻullar mushukni odamzodning dushmani deb bilarkan. Ularda shunday bir gap bor. “It har kuni ertalab oʻzi yashaydigan chodir yoniga keladi-da, xoʻjayin, xoʻjaykalar hayotligiga amin boʻlgach, tinchlanadi. Mushuk esa har kuni oʻzi yashaydigan chodir yoniga kelib «Anavi ikki oyoqli mahluqlar oʻldimikan? Ishqilib oʻlgan boʻlsin-da”,-deya oʻylarkan. Buning ham oʻziga xos sabablari bor albatta. Barchaga maʼlumki, moʻgʻullar azaldan sahroda koʻchmanchi qabilalarga boʻlingan holda umrguzaronlik qiladi. Sahroda esa yovvoyi mushuklar kezib yuradi. Tun choʻkdi deguncha ular moʻgʻullarning chorvasiga hujum qiladi. Oqibatda koʻchmanchi qabila aʼzolari moddiy ziyon koʻradi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda