12:23 / 31.03.2019
2 985

Turkiyada mahalliy saylovlar boshlandi. Erdoʻgʻan nimadan xavotirda?

Turkiyada mahalliy saylovlar boshlandi. Erdoʻgʻan nimadan xavotirda?
31 mart kuni Turkiyada mahalliy quyi organ — fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlariga saylovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu saylovlar mamlakatning sharqiy qismida boshlandi, deb xabar bermoqda turk nashrlari.

Mamlakat parlamentar boshqaruvdan prezidentlikka oʻtgandan buyon birinchi marta oʻtkazilayotgan munitsipal saylovda shahar meri, hududiy parlament aʼzolari, mahalliy hokimiyat vakillari, qishloq oqsoqoli va oqsoqollar kengashi aʼzolari saylanadi.

Mazkur saylovda 12ta partiya hamda mustaqil nomzodligini ilgari surayotgan shaxslar ishtirok etayapti. Markaziy saylov komissiyasi 82 million fuqarodan 57 milliondan ortigʻi siyosiy huquqqa egaligini taʼkidlagan.

Saylov arafasida mamlakatda devalvatsiya boshlandi. Hukumat milliy valyutaning qadrini ushlab qolish uchun tijorat banklari tomonidan liradagi ofshor kreditlashni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishga majbur boʻldi.

Foto: REUTERS /Umit Bektas
Erdoʻgʻan Gʻarb tomonidan saylovlarga shu yoʻsinda taʼsir oʻtkazishga urinish boʻlayotganini bildirib, barchani foiz stavkalarini tushirishga chaqirgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada mahalliy saylovlar boshlandi. Erdoʻgʻan nimadan xavotirda?