20:44 / 21.04.2019
2 980

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Afrikaga jo‘natilishi rostmi?

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Afrikaga jo‘natilishi rostmi?
Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl ilk farzandlari tug‘ilgach, Afrikaga ko‘chib o‘tishlari mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Bukingem saroyi ularni 2-3 yilga xorijga jo‘natishi mumkin. Ular u yerda xayriya ishlari va Britaniyani “ilgari surish” bilan shug‘ullanishadi. Ta’kidlanishicha, muhokama boshlang‘ich bosqichida turibdi.

Saroyda Garrining akasi shahzoda Uilyam qirol bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani sababli unga maxsus rol topishga harakat qilishmoqda. Bundan tashqari, juftlikning olisroqqa ketishi ularni qirollik oilasidagi mojarolardan xalos qilishi mumkin: gap shundaki, Garri va Marklning Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton bilan munosabatlari yomonlashgani haqida gaplar urchigan.

Ta’kidlanishicha, Garri va uning rafiqasi qayerda yashashlari bo‘yicha qaror 2020 yildan oldin qabul qilinmaydi. Ular ko‘chib o‘tadigan davlatlar orasida Lesoto, Botsvana, Malavi va JAR bor. Bukingem saroyi juftlikning xorijda yashashi va xavfsizligini moliyalashtirishni hukumat bilan muhokama qilib oladi.

Ayni vaqtda Megan Markl homilador bo‘lib, yaqin orada ko‘zi yorishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Afrikaga jo‘natilishi rostmi?