3 466
Emomali Rahmon Tojikiston moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlarini «elakdan o‘tkazish»ga ko‘rsatma berdi
Foto: Sputnik
Tojikiston hukumati moliya, soliq, bojxona, bank sohalari amaldorlarining malaka darajasi va daromadini tekshirib chiqadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Buning uchun maxsus vakolatli komissiya tashkil qilinadi. Iyun oyida mansabdor shaxslar attestatsiyadan o‘tkaziladi.
10 may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazgan va ushbu tarmoqlarda xizmat qiluvchi xodimlar orasida korrupsiya holatlari ko‘payganini ko‘rsatib o‘tgan.
Prezident ushbu masalada tartib o‘rnatish yuzasidan mamlakat bosh vaziri Koxir Rusulzodaga topshiriq bergan. Rahmon bu tizimlarni «elakdan o‘tkazish» kerakligini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Rahmon amaldorlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzishni taklif qilgan. Komissiya xodimlarning daromad deklaratsiyalariga e’tibor qaratadi.
Tojikiston prezidentiga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi idora, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Bojxona xizmati xodimlari o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni yashirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi