Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning iste’fosi uchun petitsiya 25 mingdan ko‘proq ovoz to‘pladi. Petitsiya Zelenskiy saytida ro‘yxatga olingan.
To‘plangan ovoz prezident petitsiyani ko‘rib chiqishi uchun yetarlidir.
Petitsiya muallifining ta’kidlashicha, Ukrainaning yangi yetakchisi “aslida saylovchilarning 73 foiz qo‘llab-quvvatlovini olmagan”, odamlar unga amaldagi rahbariyatdan norozilik sifatida ovoz berishgan.
Petitsiyada ta’kidlanishicha, Zelenskiyning prezident sifatidagi ilk bayonotlari va harakatlari saylovchilari ixlosini qaytargan.
Petitsiya 22 may kuni paydo bo‘lgan, ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan ovozni to‘plashga 90 kun beriladi. Biroq petitsiya zaruriy 25 ming ovozni taxminan bir sutkada to‘plagan.
Avvalroq prezident shtabi vakili Denis Monastirskiy petitsiya yetarlicha ovoz to‘plasa, Zelenskiy unga o‘z munosabatini bildirishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda