Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizi ishtirokida dahshatli voqea yuz berdi. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar tarqatdi.
18 may kuni O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosi bo‘lgan ayol internet orqali «Vatandosh» o‘zbeklar mintaqaviy tashkiloti rahbari Usmon Baratovga murojaat qilgan. Ayolning aytishicha, 5 maydan 9 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Dachniy prospekt-24 manzilidagi uyda joylashgan kvartirada ikki nafar noma’lum shaxs uni va 12 yoshli qizini zo‘rlashgan. Shu bilan birga, ular ko‘rsatilgan kvartirada kuch bilan ushlab turilgan.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zo‘rlash) va 127-moddasi 2-qismining «d» va «j» bandlari bo‘yicha (ikki yoki undan ortiq shaxsni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxsni noqonuniy ravishda kuch bilan ushlab turish) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Bu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Tojikistonning 47 yoshli fuqarosi qo‘lga olindi. U hech qayerda ishlamaydi - ya’ni, nolegal. Erkak Peterburgda migratsiya ro‘yxatida qayd etilmagan. Shuningdek, xabar qilinishicha, o‘zbekistonlik ayol va uning qizi ham migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi