07:12 / 31.05.2019
2 977

Zelenskiy “Ukraina olib borayotgan ikki urush” haqida gapirdi

Zelenskiy “Ukraina olib borayotgan ikki urush” haqida gapirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik senator Robert Portman bilan uchrashuvda Donbassdagi vaziyatni va tinchlikka erishishdagi qadamlarni muhokama qildi.

Tomonlar, shuningdek, Ukrainadagi siyosiy vaziyatni, jumladan parlamentga mudddatdan avval saylovlar o‘tkazilishini muhokama qilishgan. Zelenskiyning fikricha, radaning tarqatilishi jamiyat istaklariga javob beradi va endi sentyabrdayoq yangi hukumat shakllantirilishi mumkin.

“Agar ishlamaydigan bu parlament qolishda davom etganda, biz dekabrda yangi hukumat shakllantirgan bo‘lardik. Biroq biz kuta olmaymiz. Bizda ikkita urush bor – Rossiya va mamlakat ichidagi korrupsiyaga qarshi, bu esa Ukraina iqtisodiyoti uchun xavf hisoblanadi”, deb aytgan Ukraina prezidenti.

Zelenskiy AQSh senatining Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishdagi va Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdagi faol pozitsiyasini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, Minsk kelishuvlarining tegishlicha bajarilishini ta’minlash uchun Rossiyaga yanada ko‘proq bosim o‘tkazish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy “Ukraina olib borayotgan ikki urush” haqida gapirdi