Rossiya prezidenti Vladimir Putin giyohvand modda sotishda ayblanib uy qamog‘iga olingan «Meduza» jurnalisti Ivan Golunovning kaltaklangani borasida tekshiruv o‘tkazish iltimosiga ijobiy munosabat bildirdi. Bu haqda 10 iyun kuni Putin bilan uchrashgan Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova ma’lum qildi.
«Unga o‘z nuqtai nazarimni aytdim va Ivanga nisbatan kuch ishlatishganidan tashvish bildirib bu borada xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi kerakligini ma’lum qildim. Bosh prokuratura dastlabki tergov ustidan nazoratni davom ettirishi kerakligini so‘radim. Prezident bu fikrlarga ijobiy munosabatda bo‘ldi», — dedi Moskalkova.
Asosiy ofisi Latviyada joylashgan «Meduza» internet-nashrining tadqiqotchi jurnalisti Ivan Golunov o‘tgan hafta oxirida Moskvada qo‘lga olingandi.
Uni yirik miqdordagi narkotik moddalarni saqlashda ayblashgan. Uning o‘zi bu ish uyushtirilganini iddao qilmoqda.
Shanba kuni Moskvadagi Nikulin sudi Golunovni sog‘ligidagi muammolarga qaramasdan uy qamog‘iga hukm qildi.
Ivan Golunov sudda o‘zining aybsizligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi