3 426
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi dala hovlisi oldida yuzdan ortiq kishi to‘plandi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Sobiq prezident uyi yaqiniga odamlar mashinalarda kelmoqda. Hovliga matraslar olib kelindi. Bir sutka davomida Atamboyevning uyi devori bo‘ylab beton plitalar paydo bo‘ldi. Katta yuk mashinada toshlar olib kelindi.
Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ko‘p savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Atamboyev qo‘lga olinadigan bo‘lsa, uning tarafdorlariga bu toshlar qarshilik ko‘rsatish uchun kerak bo‘lishi mumkin degan taxminlar bildirilmoqda.
Atamboyevning maslahatchisi Kunduz Joldubayevaning so‘zlariga ko‘ra, uy hovlisida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va poydevor qurish uchun toshlar olib kelindi.
Bundan tashqari uy yaqinida jurnalist va tarafdorlar uchun shtab tashkil etildi.
O‘tgan shanba, 22 iyun kuni 300 ga yaqin tarafdor Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi dala hovlisida to‘planishgandi. To‘plangan fuqarolar asosan Juqorg‘u Kenesh ishini tanqid qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish yakunida Atamboyev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.
Juqorg‘u Keneshi 20 iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.
25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi. Xulosa ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi. Biroq bugun bu masala kun tartibiga kirmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda