Mamlakatimizning Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15da “Samara-Chimkent” trassasining 896-km.da 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Avtomobillarning ikkitasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. YTH oqibatida hamyurtimiz M.A. vafot etdi.
TIV konsullik-huquqiy departamenti axborotiga ko‘ra, Sadafxon Yunusova va Oybek Mo‘minjonov jarohat olgan va Aqto‘be viloyati Xromtau tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra ularning sog‘liklari holati barqaror.
8 nafar hamyurtimiz ayni paytda Xromtau shahridagi “Sherxan” kempingida bo‘lib turibdi. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda Aqto‘be viloyati Xromtau tumanining tegishli organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi