«TikTok» ilovasidan skrinshot.
Qisqa musiqali videolari bilan mashhur «TikTok» ilovasi hindistonlik ayolga «bedarak yo‘qolgan» erini topib berdi.
«Ubergizmo» yozishicha, 2016 yili uyidan chiqib ketgan Suresh izsiz yo‘qoladi. Oilaboshini izlamagan joyi qolmagan xotin bechora oxiri politsiyaga chiqadi. Ular ham topisholmay, erkakni «bedarak yo‘qolganlar» ro‘yxatiga tirkab qo‘yishadi.
Ammo Hindistonda hamma hikoya yaxshilik bilan tugashi kerak... Erini yo‘qotgan haligi ayol oradan vaqtlar o‘tib «TikTok»da bir odamni ko‘rib qoladi — eriga bir tomchi suvdek o‘xshash, yonida ayoli ham bor... Oyog‘ini qo‘liga olib politsiya idorasiga chopgan ayol ularga videolavhani qo‘yib beradi.
Huquq posbonlari nafaqat erkakning joni omonligi, hatto boshqa bir ayol bilan topishib olganigacha surishtirib bilishdi. Sureshning boshi og‘ib Xosur sanoat shahriga ketib qolgan ekan.
Keyin bilishsa, yechimini topmas kundalik muammolar erkakni uydan haydab chiqargan ekan. Ammo politsiya bilan suhbatdan so‘ng insofga kirib qolgan er xotini va bolalari yoniga qaytishga rozi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi